Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiyada yo‘lbarslar hayvon o‘rgatuvchini o‘ldirdi

A A A
Italiyada yo‘lbarslar hayvon o‘rgatuvchini o‘ldirdi

Italiyaning eng mashhur sirklaridan biri Circo Orfei «Besh qit’aga sayohat» shousini tayyorlab, uni gastrol safarlarida namoyish etmoqchi edi, deb yozmoqda National Geographic.

Sirk 15 iyunda Bari shahriga kelgan va u yerda bir oy davomida qolishi kerak bo‘lgan. Ammo 4 iyul kuni kechasi sirk maydonida mudhish voqea ro‘y berib, yo‘lbarslarning to‘rttasi dressirovkachini navbatdagi tomosha boshlanishidan bir soat oldin o‘ldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 61 yoshli dressirovkachi Ettore Veber yo‘lbarslar bilan chiqishni repetisiya qilayotgan bo‘lgan. Yo‘lbarslardan biri to‘satdan uni yiqitgan, so‘ng qolganlari unga tashlangan. Hamkasblari va tibbiyot xodimlari yo‘lbarslarni jasaddan haydagunicha bir yarim soatdan ko‘p vaqt o‘tgan.

Veber vafot etgan. Shifokorlar uning umurtqa shikastlanishi va boshqa jiddiy jarohatlar olganini ma’lum qilgan. Endi gastrol safarlari davom ettiriladimi-yo‘qmi — noma’lum.

Yo‘lbarslarning taqdiri nima bo‘lishi ham noma’lum. Yirtqichlar, ko‘pincha, odamlarga hujum qilganidan so‘ng o‘ldiriladi. Ammo bu holda ularni safari-bog‘ga yuborish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 04:45 10.07.2019. O'qildi: 1657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!