Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Italiyada kasal bo‘lish taqiqlandi

Italiyada kasal bo‘lish taqiqlandi

Italiyaning Belkastro shahri meri aholiga kasal bo‘lishni taqiqladi. U shahar aholisidan tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiladigan har qanday kasallik, ayniqsa favqulodda vaziyatlar bilan kasallanishdan saqlanishni talab qiladigan rasmiy farmon chiqardi.

Shahar meri Antonio Torkya odamlarga sog‘liqni saqlash resurslari va xodimlarining yetishmasligi to‘g‘risida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat yordam so‘rab murojaat qilish va nomaqbul vaziyatga e’tiborni jalb qilishning bir usuli hisoblanadi.

Belkastro aholisi taxminan 1300 kishini tashkil etadi, ularning yarmi nafaqaxo‘rlardir. Shaharda bitta sog‘liqni saqlash punkti mavjud. Eng yaqin shoshilinch tibbiy yordam punkti 45 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Kiritildi: 18:42 10.01.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!