Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Italiya Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

A A A
Italiya Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Italiya Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

10 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Italiya Prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasi samimiy qarshi oldilar.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Kiritildi: 13:50 10.11.2023. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!