Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Italiya Iordaniyaning ta’lim tizimiga qariyb bir million dollarlik xayriya qilmoqchi

Italiya Iordaniyaning ta’lim tizimiga qariyb bir million dollarlik xayriya qilmoqchi

Italiya va YUNESKO Iordaniya ta’lim vazirligiga 904 900 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni xayriya qilishga kelishib oldilar, deya xabar berdi Italiya davlat axborot agentligi.

Ushbu mablag‘ Iordaniya ta’lim vazirligining rivojlanish dasturiga yo‘naltiriladi. Mazkur rivojlanish dasturi yosh bolalarning ta’limi va kasbiy mahoratini oshirishga hamda ishchi kuchini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Bu xayriya ishlari YUNESKO boshchiligida Iordaniyani ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun olib borilayotgan harakatning bir qismi bo‘lib, uni Yevropa Ittifoqi, Kanada, Norvegiya va Italiya qo‘llab-quvvatlaydi.

Kiritildi: 04:30 08.07.2020. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!