Eronning Fars axborot agentligi Isroilning Tehron markaziga hujumi oqibatlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Tehron markazida Rossiya elchixonasi yaqinida havo hujumidan mudofaa tizimlarining baland tovushlari eshitilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
TASS muxbirining ma’lum qilishicha, portlashdan so‘ng Eron poytaxti markazida quyuq tutun ko‘rinmoqda, u snaryad tushgan joydan ko‘tarilayotgani taxmin qilinmoqda.