16 dekabrga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyadagi nishonlarga kuchli zarbalar berdi.
Tartusda o‘q-dorilar ombori yo‘q qilingan. Mahalliy aholi portlashlar tasvirini e’lon qildi.
Portlash kuchidan seysmik datchiklar 3 magnitudali zilzila qayd etgan.
Asad rejimi qulagandan so‘ng, Isroil harbiylari yangi hokimiyat qo‘liga tushib qolmasligi uchun flot, omborlar va kimyoviy qurollar zavodlarini vayron qilmoqda.