Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Serbiyadagi elchixonasiga hujum uyushtirildi

Isroilning Serbiyadagi elchixonasiga hujum uyushtirildi

Isroilning Serbiyadagi elchixonasi yaqinida 29 iyun kuni qurolli shaxs tomonidan hujum sodir etilgan. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, muqaddam nasroniylikning serb pravoslav oqimida bo‘lgan, yaqinda islomni qabul qilgan Salohuddin Zuyovich ismli fuqaro Isroil elchixonasi yaqiniga kelib, binoni qo‘riqlayotgan polisiya xodimiga arbaletdan o‘q uzgan. Oqibatda polisiya ofiseri bo‘ynidan jiddiy jarohat olgan.

Hujum sodir bo‘lgan paytda zudlik bilan hududga qo‘shimcha polisiyachilar yetib kelgan hamda Salohuddin Zuyovuchni otib o‘ldirgan. Ushbu voqealarda Isroil elchixonasi xodimlaridan hech kim jarohat olmagan.

Arbalet o‘qidan jarohatlangan polisiyachi zudlik bilan kasalxonaga olib ketilgan va operasiyaga kiritilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror ekani xabar berilgan.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich holat yuzasidan munosabat bildirgan. U elchixonaga hujumni terakt deya baholagan hamda qurolli tajovuzga aloqadorlarning barchasi aniqlanishini aytgan.

Rasmiylarga ko‘ra, hujumga aloqadorlikda gumon qilinib, bir necha kishi hibsga olingan. Tergovchilar hibsga olinganlarning musulmon vahobiy yo‘nalishi tarafdorlari bilan ehtimoliy aloqalarni tekshirmoqda.

Kiritildi: 16:43 30.06.2024. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!