Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga kecha 295 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar G‘azo markazi, Rafah va Xon Yunisga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 39175 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Bosqinchilar ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil bo‘ylab reydlar va hibsga olishlar o‘tkazmoqda. Jenin va Nablusda qarshilik jangchilari bosqinchilargahujum uyushtirdi.
▪️Al-Qassam brigadalari Tal al-Hava hududida 3 ta Merkava tanki va ishg‘ol piyodalari otryadini portlatib yubordi.
▪️G‘azoda ko‘ngilli bo‘lib ishlagan amerikalik shifokorlar: qurbonlar soni 92 000 kishidan oshishi mumkin.
▪️BMT: 4 kun ichida 182 mingga yaqin odam Xon Yunisni tark etishga majbur bo‘ldi. Sharqiy Xon-Yunisning yuzlab aholisi oziq-ovqat va suvsiz qolgan.
▪️Erdog‘an: Kongressda genosidni sodir etgan "davr Gitleri"ni ulug‘lab olqishlaganlar uyat his qilmadilar. Biz ruhiy atrofiyaga duch kelganmiz.
▪️Ommaviy ishg‘ol: Isroilning Livan chegarasi yaqinidagi Matla shahri arvoh shaharchaga aylandi, bu shaharda atigi 15 kishi qolgan.