Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning hujumidan so‘ng Eronda 406 nafar odam halok bo‘ldi

Isroilning hujumidan so‘ng Eronda 406 nafar odam halok bo‘ldi

Eronda Isroil hujumlari oqibatida kamida 406 kishi halok bo‘ldi, 654 kishi yaralandi. Bu haqda Associated Press nashri xabar bermoqda.

Mamlakatdagi vaziyatni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan Eronda inson huquqlari faollari guruhiga ko‘ra, Isroilning Erondagi zarbalari oqibatida kamida 406 kishi halok bo‘lgan, 654 kishi yaralangan. Eron hukumati qurbonlarning umumiy sonini oshkor qilmadi, deb xabar berdi Associated Press.

Avvalroq Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining Axborot markazi rahbari Husayn Kirmanpur 14-iyun kun holatiga ko‘ra, 128 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar yaralangani haqida ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 00:10 16.06.2025. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!