Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroilning G‘azoning xavfsiz hududlariga hujumi oqibatida 54 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoning xavfsiz hududlariga hujumi oqibatida 54 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasining G‘azo sektorida avvalroq Isroil tomonidan «xavfsiz» deb e’lon qilingan hududlarga uyushtirgan hujumlari natijasida o‘tgan kun davomida 54 falastinlik halok bo‘ldi.

G‘azodagi hukumat matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi Dayr al-Balohdagi maktabga hujum qilib, 31 kishi, jumladan, 15 bola va 8 ayol halok bo‘lgan, o‘nlab kishi jarohatlangan.

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Isroil tomonidan avvalroq «xavfsiz» deb e’lon qilingan Xon Yunus hududlariga ertalabki hujumlarda yana 23 falastinlik halok bo‘lgan va 89 nafar yaralangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, blokada ostidagi G‘azo sektoridagi falastinliklar doimiy ravishda ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lganini eslatadi.

Kiritildi: 22:32 27.07.2024. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!