Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroilning G‘azo aholisini suvdan mahrum etishi genosid va qirg‘in aktlariga teng keladi — Human Rights Watch

Isroilning G‘azo aholisini suvdan mahrum etishi genosid va qirg‘in aktlariga teng keladi — Human Rights Watch

"G‘azoda tinch falastinliklarning ommaviy o‘ldirilishi doirasida amalga oshirilgan bu siyosat Isroil hukumati insoniyatga qarshi qirg‘in jinoyatini sodir etganini anglatadi, bu jinoyat davom etmoqda. Bu siyosat, shuningdek, 1948 yilgi genosid konvensiyasiga muvofiq “genosid akti”ga tengdir", deyiladi inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot hisobotida.

Human Rights Watch'ning 184 sahifali hisobotida aytilishicha, Isroil hukumati G‘azoga suv quvurlarini o‘tkazishni to‘xtatdi, elektr energiyasi va yonilg‘ini cheklab qo‘ydi, bu esa G‘azoning o‘z suv va kanalizasiya ob’ektlaridan foydalana olmasligini anglatadi.

Isroil bir necha bor genosid ayblovlarini rad etib, HAMAS hujumidan beri xalqaro huquqni hurmat qilayotgani va o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini ta’kidlab kelmoqda.

Kiritildi: 15:35 21.12.2024. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!