Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroilning Eylat porti 20 iyuldan yopilishi mumkin

Isroilning Eylat porti 20 iyuldan yopilishi mumkin

Isroilning Eylat porti 20 iyuldan yopilishi mumkin, bunga Yaman husiylarining Qizil dengizdagi kemachilikka qilgan hujumlari sabab bo‘lmoqda.

Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Mamlakat janubida joylashgan Eylat portiga egalik qiluvchi kompaniya Yaman husiylarining Qizil dengizdagi Isroilga aloqador kemalarga hujumlari natijasida port katta zarar ko‘rayotganini bildirdi.

Yaqinda Eylat shahri meri 10 million shekel (3 million AQSh dollari) miqdoridagi soliq qarzi sababli portning bank hisob raqamlarini muzlatib qo‘ygan edi. Port rahbariyati esa 20 iyul, yakshanbadan boshlab port o‘z faoliyatini to‘xtatishini, shu jumladan Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) dengiz floti uchun ham xizmat ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.

Eylat porti shahardagi eng yirik ish beruvchilardan biri hisoblanadi. Uning xodimlari portning yopilishidan norozilik bildirishmoqda va bu holatni “husiylar uchun g‘alaba, Isroil iqtisodiyoti uchun esa mag‘lubiyat” deb atashmoqda.

"Agar Eylat porti faoliyatini to‘xtatsa, u milliylashtiriladi", — deya ogohlantirdi Isroil Transport vazirligi rahbari Moshe Ben-Zaken.

G‘azodagi urush boshlanishidan oldin Isroilga import qilinayotgan avtomobillarning yarmi, neft mahsulotlarining asosiy qismi Eylat orqali kirib kelgan. Hozirgi paytda esa Yaman husiylari tomonidan Qizil dengizda uyushtirilayotgan hujumlar tufayli port faoliyati deyarli butunlay to‘xtab qolgan. 2024 yilda port daromadi 2023 yilga nisbatan 80 foizga kamaygan.

Kiritildi: 12:30 19.07.2025. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!