Isroil armiyasi G‘azo sektorida o‘z askarlaridan birining halok bo‘lganini xabar qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parashyutchi bo‘linmasida xizmat qilgan 21 yoshli serjant Ofri Yaffe anklavning janubiy qismida sodir bo‘lgan hodisada halok bo‘lgan.
Uning o‘limiga "do‘stona otishma" (do‘stona qo‘shinlarga tasodifiy o‘q uzish) sabab bo‘lgan, deyiladi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu askarning oilasiga hamdardlik bildirgan bayonotida.