Rexovotdagi Veyzman nomidagi ilmiy tadqiqot markazi Eronning Isroilni o‘qqa tutishi natijasida jiddiy zarar ko‘rdi va yonib ketdi.
Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Institut yotoqxonasida yashovchi talabaning gazetaga aytishicha, tadqiqot markazi binosining aksariyat devorlari qulab tushgan. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, portlash oqibatidagi zarba to‘lqini yaqin atrofdagi binolarning derazalarini uchirib yuborgan.
The New York Times nashri chop etgan fotosuratda tadqiqot markazida yong‘in chiqqani ham ko‘rsatilgan.