Axios ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida Netanyahu yordamchisi ham bor.
Materiallarda aytilishicha, tarqalgan maxfiy ma’lumotlar “maxfiy axborot va razvedka manbalariga tahdid solgan, shuningdek, G‘azo sektoridagi urush maqsadlariga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarga zarar yetkazgan,” deb yozadi Axios nashri.
Axios suhbatlashgan isroillik amaldorlarning aytishicha, u Netanyahuning rasman bosh vazir devonxonasida faoliyat yuritmagan yaqin yordamchisi. Isroil bosh vazirining o‘zi idorasi xodimlaridan birortasi ham hibsga olinmaganini ta’kidladi. Netanyahu qo‘shimcha qilishicha, ma’lumotlar bosh vazir idorasidan emas, balki boshqa hukumat idoralaridan tarqalgan.
Tergov sentyabr oyida Germaniyaning Bild nashri Isroil razvedkasining maxfiy hisobotini e’lon qilganidan keyin boshlangan.