Netanyahu koalisiyasi parlamentni tarqatib yuborish tashabbusi bilan chiqdi
Isroilning hukmron koalisiyasi parlamentni (Knessetni) tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Binyamin Netanyahuning "Likud" partiyasi tomonidan ilgari surilgan ushbu hujjat bo‘yicha ovoz berish 20 may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Qonun qabul qilinsa, saylovlar avgust oyining oxirida o‘tkaziladi.
Siyosiy inqirozga ultraortodoks yahudiylarning diniy maktab (iyeshiva) talabalarini harbiy xizmatdan ozod qilish bo‘yicha va’dalar bajarilmaganidan noroziligi sabab bo‘ldi. Bu vaziyat hukmron koalisiyaning parchalanib ketish xavfini yuzaga keltirgan.
Muxolifat yetakchilari Yair Lapid va Naftali Bennet allaqachon "Beyaxad" (Birgalikda) nomli yangi alyans tuzib, saylovlarga birgalikda borishlarini e’lon qilishdi. Ular o‘z kampaniyalarida 7 oktyabrdagi hujumlar yuzasidan milliy tergov o‘tkazish va dindor yahudiylarni harbiy xizmatga majburiy jalb etish masalalarini markaziy mavzu
qilib olmoqdalar.
So‘nggi ijtimoiy so‘rovnomalarga ko‘ra, Netanyahuning "Likud" partiyasi hali ham yetakchilikni saqlab turibdi, biroq muxolifat bloki bilan oradagi farq juda kichik. Hozirgi vaziyatda hech qaysi siyosiy blok hukumatni shakllantirish uchun yetarlicha ko‘pchilik ovozga ega em