Isroil Yamanga yangi zarbalar berish niyatida.
Bu haqda yahudiy davlati mudofaa vaziri Israel Kas "Ansor Alloh" harakatidan hutiy isyonchilarning navbatdagi raketa hujumidan so‘ng ma’lum qilgan.
"Tehronda ilonning boshini urganimizdan so‘ng, Yamanda ham ilonning dumini uramiz. Kim Isroilga qarshi qo‘l ko‘tarsa, o‘shaning qo‘li kesiladi", deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq armiya matbuot xizmati Isroil harbiylari Yamandan yahudiy davlati tomon yangi raketa uchirilishini qayd etgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Isroil harbiy-havo kuchlari Yamandan uchirilgan raketani tutib oldi.