Isroil milliy xavfsizlik vaziri va o‘ta o‘ng qanot «Osma Yexudit»partiyasi yetakchisi Itamar Ben-Gvir barcha masjidlarda azon aytishda qo‘llanilayotgan ovoz kuchaytirgichlarni musodara qilishni buyurdi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Ben-Gvirning aytishicha, bu bilan mahalliy aholiga xalaqit beruvchi «o‘rinsiz shovqin»ga barham beriladi. Vazir qoidani buzgan masjidlar jarimaga tortiladi, deya ogohlantirdi.
Johil vazirning qarori birinchi navbatda Sharqiy Quddusda joylashgan masjidlarga qaratilgan, bu isroillik arablarning noroziligini keltirib chiqarishi aniq. Times of Israel nashri yozishicha, muxolifatchi arab deputati Ahmad Tibiy Ben-Gvirni «o‘t qo‘yuvchi» deb ta’rifladi.