Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Isroil va Livan o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda: o‘nlab hujumlar qayd etildi

Isroil va Livan o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda: o‘nlab hujumlar qayd etildi

Livan milliy axborot agentligi ma’lum qilishicha, Isroil armiyasi Livan janubidagi bir qator aholi punktlariga oq fosfor qo‘llangan holda zarbalar bergan.

Xususan, Deyr-Siryan, Kantara, Taybe, Yahmer ash-Shaqif, Zavtar, Furun al-Ganduriya va Burj-Kalaviya hududlari nishonga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar Hezbolloh jangchilari bilan davom etayotgan to‘qnashuvlar fonida yuz bergan. Deyr-Siryan — Kantara — Taybe yo‘nalishida Isroil harbiylari hujumga uchragandan so‘ng, Taybe osmonida AH-64 Apache vertolyoti kuzatilgan.

O‘z navbatida, Hezbolloh Isroil pozisiyalariga qarshi zarbalar keskin kuchaytirilganini bildirdi. Harakat ma’lumotiga ko‘ra, tundan beri kamida 40 ta hujum amalga oshirilgan — Livan janubidagi Isroil harbiylari hamda Isroil shimolidagi ob’ektlar nishonga olingan.

Zarbalar raketa va dronlar yordamida harbiy bazalar va aholi punktlariga qaratilgani aytilmoqda.

Shuningdek, Hezbolloh Deyr-Siryan hududida yana bir Merkava tanki yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Avvalroq harakat jami 19 ta shunday tankka hujum qilinganini bildirgan edi.

Livan — Isroil chegarasidagi vaziyat o‘zaro hujumlar va jangovar harakatlar geografiyasining kengayishi fonida nihoyatda tarangligicha qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:17. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!