Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 378 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Zaytun hududi, Rafah, Jabaliya va Mag‘ozi lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 42 438 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Falastin qarshilik harakati yetakchisi, HAMAS rahbari Yahyo Sinvar o‘z askarlari bilan birga Rafahdagi jangda halok bo‘ldi.
▪️HAMAS harakati bosqinchilarning qarshilik qo‘mondoni Yahyo Sinvarning o‘limi haqidagi bayonotiga munosabat bildirmadi.
▪️Hizbulloh: Dushmanga qarshi kurashning yangi va shiddatli bosqichiga o‘tdik. Bosqinchilar 55 zobit va askarini yo‘qotdi, 500 dan ortiq kishi yaralandi. 20 ta “Merkava” tanki, 4 buldozer va ikkita vertolyot yo‘q qilindi.
▪️Livan chegarasida, Aita al-Shaab hududida qarshilik jangchilari bosqinchilar otryadini mag‘lub etishdi. Yaradorlar va o‘lganlarni evakuasiya qilish uchun kelgan bir guruh askar ham hujumga uchradi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: So‘nggi 24 soat ichida Isroilning zarbalari natijasida 45 kishi halok bo‘ldi va 179 kishi yaralandi.
▪️JSST: Isroil tibbiyot mutaxassislarining G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda.