Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil tanki Isroil hududini o‘qqa tutdi

Isroil tanki Isroil hududini o‘qqa tutdi

G‘azo sektoridagi nishonni o‘qqa tutayotgan Isroil mudofaa kuchlari tanklaridan biri tasodifan Isroil hududiga o‘q uzdi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun erta tongda tank G‘azo sektoridagi nishonga snaryad otdi, biroq nosozlik tufayli snaryad o‘z yo‘nalishidan chetga chiqib, chegara to‘sig‘i yaqinida Isroil hududiga qulagan”, — deyiladi xabarda.

Harbiylarning ma’lum qilishicha, Hof Ashkelon mintaqaviy kengashi hududida turgan avtomobil shikastlangan, unga snaryad parchalari kelib urilgan.

“Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q, voqea sabablari o‘rganilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilindi Isroil armiyasi xabarida.

Kiritildi: 23:50 22.06.2024. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!