Isroil harbiy-havo kuchlari Rossiya harbiy bazalari joylashgan Latakiya va Tartus viloyatlaridagi Suriya armiyasi marralariga hujum qildi. Bu haqda Livanning Al Mayadeen telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya armiyasi foydalanayotgan qo‘mondonlik punktlari va harbiy omborlarga hujum qilingan. Hujum oqibatlari, jumladan, ehtimoliy qurbonlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Rossiya Arab Respublikasida ikkita harbiy ob’ektga egalik qiladi - Tartus port shahridagi dengiz logistika markazi va Latakiya viloyatidagi Jebla shahri yaqinida joylashgan Xmeymim aviabazasi.