Livan Isroilni sulh bitimini buzganlikda aybladi. Isroil tomoni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan so‘ng Livanga qilingan hujumlarni tasdiqladi.
Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tuzilib, kuchga kirganidan so‘ng Livan hududiga zarbalar berish faktini tasdiqladi.
Xabar qilinishicha, Isroil armiyasi o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi kunida qo‘shni arab davlatiga zarba berish uchun artilleriya va dronlardan foydalangan va buni dalil keltirmasdan «Hizbullohning qurol-yarog‘ ob’ektidagi faollik kelishuvni buzuvchi» deb oqlagan.
Bu Isroilda, jumladan, ba’zi vazirlarning Livan bilan sulhni buzish haqidagi doimiy chaqiriqlari fonida sodir bo‘lmoqda.
❕ Bir kun avval Isroil Bosh vaziri Isroil armiyasiga Livandagi sulh buzilgan taqdirda «to‘liq ko‘lamli urush»ga tayyor turishni buyurgan edi.