Knesset (parlament) tomonidan qabul qilingan rezolyusiyada bu hududlar tarixiy, madaniy va ma’naviy jihatdan yahudiy xalqi vatanining ajralmas qismi ekani ta’kidlangan. Hujjat Knessetdagi 71 nafar deputat tomonidan ma’qullangan.
Iordan daryosining G‘arbiy sohili (Sharqiy Quddusni ham o‘z ichiga oladi) BMT Xavfsizlik Kengashining 1947 yilgi rezolyusiyaga muvofiq, Falastinasi tarkibiga kirishi lozim edi. 1948–1967 yillar orasida bu hudud Iordaniya tomonidan anneksiya qilingan, 1967 yilgi urushdan keyin Isroil nazoratiga o‘tgan.