Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Isroil parlamenti falastinlik terrorchilar oilalarini, jumladan Isroil fuqarolarini deportasiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi

 Isroil parlamenti falastinlik terrorchilar oilalarini, jumladan Isroil fuqarolarini deportasiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi

Isroil parlamenti falastinlik terrorchilar oilalarini, jumladan Isroil fuqarolarini deportasiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Qonunni hukmron partiya va uning o‘ta o‘ngchi ittifoqchilaridan 61 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 41 nafar muxolifat vakili unga qarshi chiqdi.

Hujjat Isroilning Falastin fuqarolari va anneksiya qilingan Sharqiy Quddus aholisining oila a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujumlar haqida oldindan bilgan yoki ularning harakatlarini ma’qullaganligini bildirgan fuqarolarni mamlakatdan chiqarib yuborish imkonini beradi. Falastinliklar, jumladan, G‘azo sektoriga yetti yildan yigirma yilgacha deportasiya qilinadi.

Ekspertlarning fikricha, Oliy sud qonunni bekor qilishi mumkin. «Xulosa shuki, bu konstitusiyaga mutlaqo zid va aniq Isroilning asosiy qadriyatlariga ziddir», deydi Isroil Demokratiya institutining katta ilmiy xodimi Eran Shamir-Bohrer.

Falastinliklar Isroil aholisining beshdan bir qismini tashkil qiladi. Ularning aksariyati bahsli hududlar aholisi bilan yaqin aloqada va Falastin masalasiga hamdard, deb yozadi AP.

Asr boshidan beri Isroilda pichoqli va o‘qotar qurollardan foydalangan holda yuzlab teraktlar sodir etilgan. Rasmiy tekshiruvlarga ko‘ra, hujumlarning aksariyati falastinliklar tomonidan amalga oshirilgan.

Kiritildi: 14:10 07.11.2024. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!