«Isroil Yevropa Ittifoqining o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifini - hatto qisqa muddatli bo‘lsa ham - rad etdi va Bayden ma’muriyati bilan aloqada emas», - dedi ABC jurnalistlari ismini oshkor etmagan AQShning yuqori martabali mulozimining Isroilning quruqlikdagi bosqiniga tayyorgarlik haqida so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.
Qo‘shma Shtatlar va Isroilga ko‘ra, so‘nggi haftalarda «Hizbulloh» shia radikal harakati yuqori rahbariyatining 30 ga yaqin a’zosi yo‘q qilingan, deya ta’kidlaydi nashr. Hizbullohning qolgan yetakchilari endi o‘z saflarida josuslar bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqishadi, deydi rasmiy.
Isroil operasiyasini sharhlar ekan, AQSh prezidenti Jo Bayden uning tayyorgarligi haqida bilmasligini aytdi. Biroq, u «Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrullohning yo‘q qilinishi uning «qirq yillik terrori» davomida «ko‘plab qurbonlar uchun adolat chorasi» bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Baydenning bayonotida Qo‘shma Shtatlar Isroilning Hizbulloh, Hamas va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan boshqa terroristik guruhlarga qarshi o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishora qildi.