Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil Livanda shifokorlarni ataylab o‘ldirdi

Isroil Livanda shifokorlarni ataylab o‘ldirdi

Isroilning Livandagi uch haftalik havo hujumlarida 150 dan ortiq tibbiy va qutqaruv ishchilari halok bo‘ldi, o‘nlab klinikalar va shifoxonalarga zarar yetkazildi.

Livan hukumati bu hujumlarni arab mamlakati sog‘liqni saqlash tizimini «tizimli» yo‘q qilish deb atadi, deb yozadi Financial Times (FT).

Centyabr oxiridan beri Isroil havo hujumlari natijasida 135 ta tez tibbiy yordam mashinasi, 13 ta kasalxona va fuqarolik mudofaasi markazlari vayron qilingan.

Tibbiyot xodimlari jiddiy qiyinchiliklar haqida xabar berishadi, bomba portlashi tufayli ba’zi tez yordam mashinalari yaradorlarga yetib bormasdan oldin burilishga majbur bo‘lgan.

Livan sog‘liqni saqlash vaziri Firas Abyad Isroilni «tinch aholiga hujum qilishda» ayblab, bu harakatni urush jinoyati deb atadi. Shuningdek, u mojaro avj olganidan beri 150 dan ortiq shifokor halok bo‘lganini, yana 231 nafari yaralanganini aytdi.

Human Rights Watch kabi xalqaro tashkilotlar tibbiyot xodimlari xalqaro huquq tomonidan himoyalanganligini, ularga qarshi hujumlar, shuningdek, shifoxonalarga hujumlar urush jinoyati sifatida baholanishini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 22:38 16.10.2024. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!