Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda yana 20 nafar falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda yana 20 nafar falastinlikni qo‘lga oldi

Bu haqda Falastin asirlari uyushmasi va Falastin ozodlik tashkilotining Falastin asirlari ishlari bo‘yicha qo‘mitasining qo‘shma bayonotida aytiladi.

Bu bilan 2023 yil 7-oktabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qo‘lga olingan falastinliklar soni 9450 nafarga yetdi.

So‘nggi hibsga olishlar Nablus, Al-Xalil (Xevron), Tulkerim va Quddus shaharlarida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida amalga oshirilgan.

Bayonotga ko‘ra, reydlar chog‘ida harbiylar qo‘lga olingan falastinliklar va ularning oilalariga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan, uylariga zarar yetkazgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q uzgan.

2023 yilning 7-oktabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida agressiyani boshlaganidan beri G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi hibsga olishlar, reydlar va hujumlar soni ortib bormoqda.

Bosqin ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 2023 yil 7-oktabrdan beri Falastin yerlarini o‘zlashtirgan Isroil harbiylari va isroilliklarning hujumlari natijasida 553 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Kiritildi: 21:17 30.06.2024. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!