Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Isroil ishg‘ol kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida oilalarga qarshi to‘rtta qirg‘in uyushtirdi

Isroil ishg‘ol kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida oilalarga qarshi to‘rtta qirg‘in uyushtirdi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 375 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Isroil ishg‘ol kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida oilalarga qarshi to‘rtta qirg‘in uyushtirdi, natijada kamida 55 falastinlik halok bo‘ldi, yana 329 kishi jarohat oldi.

▪️Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari 7 oktyabrdan beri Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 42 344 kishi halok bo‘lganini, yana 99 013 kishi jarohat olganini tasdiqladi. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir.

▪️Seshanba kuni isroillik mustamlakachilar Isroil ishg‘ol polisiyasi himoyasi ostida bosib olingan Quddusdagi Al-Aqso masjidi hovlilariga bostirib kirdi. Guvohlarning aytishicha, o‘nlab mustamlakachilar guruhlar bo‘lib Al-Aqso masjidiga bostirib kirgan, ulardan ba’zilari "epik sajda" kabi Talmud marosimlarini bajargan.

▪️Isroil ishg‘ol kuchlari bosib olingan G‘arbiy Sohilda kamida 25 nafar falastinlikni, jumladan bir qizni hamda bir necha sobiq mahbusni hibsga oldi. Urush boshlangan 2023 yilning oktyabr oyidan buyon G‘arbiy Sohilda, jumladan Quddusda 11300 dan ortiq falastinlik hibsga olingan.

▪️AQSh Eronning ballistik raketalarini qaytara olmagan Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi uchun shunday kuchga qodir THAAD ilg‘or havo mudofaa tizimini hamda uni ishlatish va bunga o‘qitish uchun o‘z harbiy mutaxassislarini yubormoqda.

▪️27 sentyabr kuni Bayrutga uyushtirilgan hujumda Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrulloh bilan birga bo‘lgan Eron Inqilobiy Gvardiyasi qo‘mondoni Abbos Nilfarushanning jasadi Eronga keltirildi. Uning dafn marosimi Xomanaiy tomonidan o‘tkaziladi.

▪️Isroil Livan shimolidagi asosan nasroniylar yashaydigan shaharchaga zarba berdi: 18 kishi halok bo‘ldi.

▪️Germaniya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sebastyan Fisher: “Isroil G‘azoda genosid qilayotganiga oid hech qanday alomat ko‘rmayapmiz”.

▪️Isroilning Ashdod yaqinida falastinlik odamlarga qurolli hujum uyushtirdi: 1 ta yahudiy o‘ldi, 4 tasi yaralandi. Hujumni sodir etgan falastinlik shahid bo‘ldi.

▪️Albaniyada tashkil etiladigan Bektoshiy-Alaviy avtonom davlati rahbari Baba Mondi: “O‘zimni Isroil xalqining birodari deb bilaman”.

▪️Iordaniya sog‘liqni saqlash ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlash bo‘yicha Presight Isroil-BAA qo‘shma kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.

Kiritildi: 15:55 15.10.2024. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!