Hukumatning Quddus va Isroil merosi bo‘yicha vaziri Amixay Eliyaxu G‘azo sektoriga yadroviy zarba berish “ehtimoliy variantlardan biri” ekanini aytganidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
KolBeramah radiostansiyasiga bergan intervyusida u, shuningdek, G‘azoda "harbiy bo‘lmaganlar" yo‘qligini va mintaqadagi tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish "muvaffaqiyatsizlik" bo‘lishini aytdi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eliyaxuning bayonotiga tezda javob berib, bunday bayonotlar "haqiqatdan uzoqda" ekanini ma’lum qildi.
Hukumat xatti-harakatlarini tanqid qilganlarning ta’kidlashicha, vazirlar mahkamasida ekstremal qarashlarning mavjudligi juda tashvishli.
Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi raisi Meirav Maykl Eliyaxu kabi odamlarni "iloji boricha qaror qabul qilish jarayonidan uzoqroq tutish kerakligini" ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida, Isroil hech qachon yadro quroliga ega ekanligini ochiq tan olmagan, biroq uning o‘nlab, ehtimol, yuzlab yadro kallaklari borligi tahmin qilinadi.