O‘tgan 24 soat ichida Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 61 kishi halok bo‘ldi, 397 kishi yaralandi, deb xabar berdi mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi 17 iyun kuni.
"So‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektoridagi shifoxonalarda 61 kishi halok bo‘ldi, 397 kishi yaralandi", — deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida.
15 iyun kuni Haaretz nashri Isroil armiyasi Iordaniya, Suriya va Livan bilan chegaralardagi o‘z pozisiyalarini mustahkamlash uchun anklavdan o‘z qo‘shinlarining bir qismini olib chiqayotgani haqida xabar bergandi.