Oxirgi 24 soat ichida Isroil harbiylari Livandagi "Hizbulloh" tashkilotining 200 dan ortiq pozisiyasi va raketa maydonchalarini bombardimon qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"O‘tgan sutka davomida havo kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlar bilan kelishilgan holda Livan janubida va uning hududidagi "Hizbulloh" terrorchilik guruhining 200 dan ortiq ob’ektlariga, jumladan, terrorchilar yacheykalari, tankga qarshi raketa tizimlari, shuningdek, raketa otish moslamalariga zarbalar berdi" - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo sektoridan "Xamas" radikal guruhining qurolli tarafdorlari Isroil hududiga kirib kelganidan so‘ng keskin yomonlashdi, bu chegaradagi aholi punktlari aholisining o‘ldirilishi va bosib olinishi bilan birga bo‘ldi. 240 dan ortiq garovga olingan.