Isroil Xavfsizlik kabineti G‘azo sektorida faqat G‘azo shahrini bosib olish rejasini ma’qulladi. Bu qaror avval e’lon qilinganday butun sektor emas, balki uning shimoliy qismiga doir bosib olishni nazarda tutadi.
Yangi qaror Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi yig‘ilishda qabul qilindi. Bu esa Netanyaxuning Fox News telekanalidagi so‘ngi intervyusida «butun G‘azo sektori okkupasiya qilinadi» degan bayonotiga zid holat bo‘ldi.
Isroil OAV ma’lumotiga ko‘ra, reja miqyosiga cheklov qo‘yilishiga Genshtab rahbari Eyal Zamir va harbiylar tomonidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek, shimoldagi isroillik garovdagilarga zarar yetishi xavfi sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, Tel-Aviv xalqaro maydonda G‘azoda ataylab ocharchilik yuzaga keltirilgani haqidagi ayblovlar ortida yangi sanksiyalardan qochishni ham hisobga olgan.
Muxlislar va tahlilchilarning ta’kidlashicha, Gazo shahrini bosib olish falastinliklarning yanada ko‘proq siqilishi va ommaviy ko‘chirish xavfini kuchaytiradi.