Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 432 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 432 kun bo‘ldi

Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafaxya, Jabaliya, Nusayrat va Burij lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 28 kishi halok bo‘ldi.

▪️Nasistlar Jabaliya va Bayt-Laxiyadagi turar-joy binolariga “olov kamarlari”ni ochdilar. Kamol Advan kasalxonasi yaqinida Abi Tarabishlar oilasining uyi portlatilib, 18 kishi halok bo‘ldi.

▪️G‘azo hukumati: Urush boshlanganidan beri bosqinchilar G‘azoda 1000 dan ortiq shifokor va hamshirani qatl qildi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafax hududida Merkava tanki va bronetransporterini portlatib, Nitsapim o‘qida bosqinchilarga hujum qildi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Al-Xalil, Jenin, Baytlahmga hujum qilmoqda. 20 dan ortiq falastinlik hibsga olingan, ulardan biri bola.

▪️Husiylar: Adan ko‘rfazida Amerikaning ikkita esminetsiga hujum qildik. Asqalan urildi.

▪️Uch kun ichida Isroil Suriyadagi strategik va harbiy ob’ektlarga 310 marta zarba berdi. Kechasi Dayr-az-Zor harbiy aeroporti bombardimon qilindi, Latakiya va Tartusga hujum qilindi.

▪️Kuba Prezidenti: G‘azo sektori yoki Livanga bombalar yog‘ilayotgan va genosid jinoyatchilari o‘z o‘g‘rilik jinoyatini tugatayotgan bir paytda dunyo inson huquqlarini nishonlamasligi kerak.

Kiritildi: 22:35 11.12.2024. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!