Isroil mudofaa kuchlari bayonotida aytilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil kuchlari G‘azo sektori markazida reydlar o‘tkazdi va HAMASning o‘nlab nishonlariga zarba berdi.
Quruqlik kuchlari qiruvchi samolyotlar va dronlar hamrohligida Shujaiyya hududidagi nishonlarga hujum qildi, shuningdek, G‘azo sektori bo‘ylab havo va artilleriyadan zarbalar berdi.
"Operasiya davomida SAXAL terrorchilarning ko‘plab ob’ektlarini, jumladan, tankga qarshi raketa otish moslamalari, harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv markazlari aniqladi va ularga zarba berdi", — deyiladi xabarda.
SAXAL qo‘shimcha qilishicha, operasiya yakunida qo‘shinlar sektorni tark etgan va Isroil harbiylari qurbon bo‘lgani haqida xabar mavjud emas.