Isroil harbiy-havo kuchlari Livandagi tarixiy Palmira mehmonxonasini vayron qildi.
Bu haqda Livandagi mehmonxona egalari uyushmasi rahbari Bayer al-Ashkar ma’lum qildi.
Baalbek shahrida joylashgan mehmonxona Livanning asosiy tarixiy joylari ro‘yxatiga kiritilgan.
U 1874 yilda qurilgan. Turli vaqtlarda u yerda Eynshteyn, Bunin, Pikasso, Cherchill va De Goll tunab qolgan.