Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Telekanal manbasining so‘zlariga ko‘ra, Isroil rasmiylari, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyahu Qo‘shma Shtatlarni Eronning neft yoki yadroviy inshootlari emas, balki harbiy ob’ektlari nishonga olinishiga ishontirgan.
CNN telekanalining AQSh rasmiylari orasidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, zarba AQShdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadigan 5 noyabrdan oldin berilishi kutilmoqda. Zarba vaqti va ko‘lami Isroil hukumati ichida "kuchli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan" va AQShdagi saylovga bevosita bog‘liq emas.