Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil Eronda bir qator yashirin sabotaj operasiyalarini ham amalga oshirdi

Isroil Eronda bir qator yashirin sabotaj operasiyalarini ham amalga oshirdi

Isroil, havo hujumlaridan tashqari, strategik raketa ob’ektlari va havo hujumidan mudofaa tizimlariga zarar yetkazish maqsadida Eron chuqurligida bir qator yashirin sabotaj operasiyalarini ham amalga oshirdi. Bu haqda Axios nashri isroillik yuqori martabali amaldorga tayangan holda xabar bermoqda.

"Isroil harbiy-havo kuchlarining (Isroil razvedka xizmati - tahr.) keng ko‘lamli havo hujumlaridan tashqari, Mossad Eron ichkarisida bir qator yashirin qo‘poruvchilik operasiyalarini amalga oshirdi. Bu operasiyalardan maqsad Eronning strategik raketa ob’ektlari va havo hujumidan mudofaa imkoniyatlariga zarar yetkazish edi" - deb yozadi manba.

Avvalroq Isroil armiyasi Erondagi yadroviy dastur va harbiy ob’ektlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nlab nishonlarga zarba bergani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 09:10 13.06.2025. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!