Isroil keyingi nishonini Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga qaratmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri isroillik manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Isroil Eronning yadroviy dasturini to‘liq yo‘q qilmoqchi va bunda har qanday nishonga hujum qiladi. Xomanaiyga zarba berish esa taqiqlanmagan.
The Jerusalem Post’ga ko‘ra, ushbu bayonot Isroilning strategiyasi Eronning yadroviy aktivlarini zararsizlantirishdan tashqari Tehrondagi hukmron rejimining siyosiy va harbiy asoslarini barbod qilishni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatmoqda.