Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil elchixonasining ikki xodimining o‘limiga sabab bo‘lgan gumonlanuvchi hibsga olindi

Isroil elchixonasining ikki xodimining o‘limiga sabab bo‘lgan gumonlanuvchi hibsga olindi

Vashington polisiyasi Isroil elchixonasining ikki xodimining o‘limiga sabab bo‘lgan Yahudiy muzeyi oldidagi otishmada gumonlanuvchini qo‘lga olganini ma’lum qildi.

Bu haqda Associated Press (AP) xabar bermoqda.

Shahar polisiyasi boshlig‘i Pamela Smitning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan diplomatlar erkak va ayol bo‘lgan. Ular muzeyda bo‘lib o‘tayotgan tadbirdan chiqib kelayotganida 30 yoshli gumonlanuvchi ularga qarata o‘t ochgan. Smitning aytishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olinganidan u odam "Falastinga ozodlik!" deb hayqirgan.

AQSh bosh prokurori Pam Bondi jinoyat joyiga allaqachon tashrif buyurganini aytdi, deb yozadi agentlik.

Kiritildi: 11:53 22.05.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!