29-dekabr kuni Isroil Damashqning shimoli-sharqidagi chekka hududlarga zarba berdi, 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi ABC News. Tel-Aviv Adra sanoat shahri yaqinidagi qurol-yarog‘ omboriga zarba berganini da’vo qilmoqda. Isroil matbuotiga ko‘ra, ombor Bashar al-Assad rejimini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarga tegishli bo‘lgan.
Suriya matbuotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati rejim va harbiylarga aloqasi bo‘lmagan tinch fuqarolardir. Isroil armiyasi o‘z jinoyatlarini yashirish va inkor etish siyosatiga muvofiq havo hujumi haqida izoh berishdan bosh tortdi.
Asad rejimi ag‘darilgan 8 dekabrdan beri Isroil Suriya infratuzilmasiga qarshi keng ko‘lamli harbiy kampaniya boshladi. So‘nggi uch hafta ichida Tel-Aviv mamlakatning havo hujumidan mudofaa va aviasiya imkoniyatlarini zaiflashtirish maqsadida Suriya nishonlariga 600 dan ortiq zarbalar berdi.