Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil Bosh vaziri yana bir bor harbiy kampaniyani “to‘liq g‘alaba” bilan yakunlashga qat’iy bel bog‘laganini tasdiqladi

Isroil Bosh vaziri yana bir bor harbiy kampaniyani “to‘liq g‘alaba” bilan yakunlashga qat’iy bel bog‘laganini tasdiqladi

Isroil Bosh vaziri yana bir bor harbiy kampaniyani “to‘liq g‘alaba” bilan yakunlashga qat’iy bel bog‘laganini tasdiqladi. U, shuningdek, mojaroni tugatish uchun, uning fikricha, zarur bo‘lgan shartlarni sanab o‘tdi: garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorini harbiy qurollardan xalos etish.

Shunga qaramay, G‘azoda ocharchilik xavfi kuchaygani sababli, Netanyahu yakshanba kuni kechqurun 11 haftadan beri davom etayotgan blokadani yumshatishini e’lon qildi. Biroq, ertasi kuni BMT faqatgina yordam ortilgan bir necha yuk mashinasiga sektor hududiga kirishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

Isroilning ittifoqchilari bu choralarni “nihoyatda yetarli emas” deb baholab, xalqaro gumanitar standartlarga mos to‘liq yordam yetkazish tizimini tiklashga chaqirdi.

Shu bilan birga, blokadaga kiritilgan hatto eng kichik yengillik ham hukumatdagi o‘ta o‘ng qanot vakillari tomonidan tanqidga uchradi. Netanyahu esa ijtimoiy tarmoqlarda blokada yumshatilganini yaqin ittifoqchilarining bosimi ostida amalga oshirganini tan oldi, biroq ularning nomlarini oshkor etmadi. Uning aytishicha, “Isroilning do‘sti bo‘lgan senatorlar” agar ochlikdan aziyat chekayotgan falastinliklar aks etgan kadrlar tarqala beradigan bo‘lsa, mamlakatni qo‘llab-quvvatlashni davom ettira olmasliklarini bildirgan.

Netanyahu gumanitar vaziyatning keskinlashuvi nazoratni yo‘qotishga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi, biroq bu bilan aynan nimani nazarda tutganini ochiqlamadi.

Evropa Ittifoqining Isroil bilan savdo bitimini qayta ko‘rib chiqish haqidagi qaroriga Isroil Tashqi ishlar vazirligi ham munosabat bildirdi: rasmiy vakil Oren Mormorshteyn bu pozisiyani “Isroil duch kelayotgan murakkab haqiqatni butunlay noto‘g‘ri tushunish” deb atadi.

Bundan tashqari, Isroilda Oq uy siyosatiga nisbatan xavotir kuchaymoqda. Isroilga umumiy qo‘llab-quvvatlov bo‘lishiga qaramay, Donald Tramp boshchiligidagi AQSh ma’muriyati undan tobora uzoqlashmoqda. Avvalroq TRT xabarida yozilishicha, AQSh prezidenti Yaqin Sharq bo‘ylab so‘nggi safarida Tel-Avivga bormagan. Safar doirasida Tramp amerikalik garovdagilardan oxirgisini ozod etish bo‘yicha HAMAS bilan alohida kelishuvga erishgan, bu bilan Isroil hukumatini chetlab o‘tgan. Bundan tashqari, u G‘azada “ochlikdan aziyat chekayotgan ko‘plab odamlar borligini” tan olib, ularga yordam va’da qilgan.

Uzoq yillar AQShning qo‘lloviga tayangan Isroil uchun bu holat, G‘azo bosib olingan holda qolayotgan bir paytda, xalqaro miqyosda tobora kuchayib borayotgan yakkalanishni anglatadi.

G‘azo harbiy bosib olinishi boshlanganidan beri 53 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, ularning aksariyati tinch aholi vakillari. Xalqaro tashkilotlar ogohlantirmoqda: mintaqa ochlik yoqasida turibdi. Xalqaro bosim kuchayib borayotganiga qaramay, Isroil hanuz sulhga yoki muzokaralarga tayyorligini ko‘rsatmayapti. Harbiy harakatlar kengaymoqda, gumanitar falokat esa keskin kuchaymoqda.

Kiritildi: 15:36 22.05.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!