Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yakshanba kuni mamlakatning Livan bilan chegarasiga tashrif buyurdi. Bu haqda uning idorasi ma’lum qildi .
«Bosh vazir Netanyaxu bugun Livan bilan chegaraga tashrif buyurdi», — deyiladi bayonotda.
Ofis safar tafsilotlari va maqsadini oshkor qilmadi. Bu bosh vazirning bir oydan kamroq vaqt ichida Livan chegarasiga ikkinchi shunday tashrifidir.
Netanyaxuning tashrifi yakshanba kuni Livandan Isroil hududiga 100 dan ortiq snaryadlar otilganidan so‘ng sodir bo‘ldi, deb yozadi Al Arabiya .