Isroilning BMTdagi elchisi Gilad Erdan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning G‘azoda gumanitar o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘iga keskin munosabat bildirdi, deb yozadi The Times of Israel.
"Bugun Bosh kotib yangi ma’naviy past darajaga yetdi", dedi Erdan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i “aslida HAMASning G‘azodagi terror hukmronligini davom ettirishga chaqiriqdir”.
“Bosh kotibning chaqirig‘i G‘azodagi janglarni faqat cho‘zadi, chunki bu HAMAS terrorchilariga urush to‘xtatilishiga va ular omon qolishlariga umid beradi”, dedi Isroilning BMTdagi elchisi.
“Men yana Bosh kotibni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqiraman. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga HAMAS yozgan ssenariy bo‘yicha harakat qiladigan bosh kotib emas, terrorizmga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlovchi bosh kotib kerak”, - dedi Gilad Erdan.