Isroil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti Filemon Yangga BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi bilan hamkorlikni to‘xtatayotgani haqida ma’lum qildi.
Bu haqda yahudiy davlatining BMTdagi doimiy vakili Dani Danon ma’lum qildi, deya xabar beradi "TASS".
"Biz BMTga taqdim etgan keng qamrovli dalillarga qaramay, UNRWAning HAMAS tomonidan egallab olinganini tasdiqlaydi, BMT voqelikni o‘zgartirish uchun hech qanday chora ko‘rmadi", dedi u.