Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Isroil avia zarbasidan Livan telekanali muxbiri halok bo‘ldi

Isroil avia zarbasidan Livan telekanali muxbiri halok bo‘ldi

Isroil Livan janubiga havodan bergan zarba oqibatida “Al Mayadeen” telekanali muxbiri Hodi As-Sayid halok bo‘ldi, deya xabar tarqatdi mazkur telekanal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Hujum aynan jurnalistning uyiga to‘g‘ri kelgan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, janub va sharqda jami 558 inson hayotdan ko‘z yumgan, 1835 kishi yaralangan.

Dushanba kuni ertalabdan buyon turar-joylar, o‘nlab qishloqlar va aholi manzillari raketa hujumiga uchradi.

Kiritildi: Bugun 00:49. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!