Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Isroil askarlarni suratga olishni taqiqlaydi

 Isroil askarlarni suratga olishni taqiqlaydi


Isroil armiyasi tsenzurani kuchaytirdi va G‘azoda harbiy xizmatchilarni suratga olishni taqiqladi. Bu Falastindagi harbiy jinoyatlarda ayblangan askarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish mumkinligidan xavotirlar kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi.

Yangilik Braziliyada sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng paydo bo‘ldi. Mahalliy prokurorlar Falastin tarafdori nohukumat tashkilot tomonidan harbiy jinoyatlarda ayblangan isroillik zahiradagi askarga qarshi jinoiy ish ochdi. Braziliyalik sudya tergov o‘tkazishni buyurganidan so‘ng, askar Braziliyani tezda tark etishga majbur bo‘ldi.

Isroilda jurnalistlarga intervyu paytida polkovnik va undan past darajali askarlarning ismlarini to‘liq e’lon qilish yoki yuzlarini ko‘rsatish taqiqlangan.


Xuddi shunday cheklovlar allaqachon uchuvchilar va maxsus kuchlar askarlariga tegishli. Armiya matbuot kotibi podpolkovnik Nadav Shoshanining aytishicha, chora-tadbirlar "harbiy xizmatchilarni ijtimoiy tarmoqdagi faoliyatini harbiy amaliyotlar bilan bog‘lashi mumkin bo‘lgan faollardan himoya qilishga qaratilgan".

"Ushbu qoidalar butun dunyo bo‘ylab isroilga qarshi faollar tomonidan ta’qiblar yoki sud jarayonlarining oldini olish orqali askarlarimiz xavfsizligini ta’minlaydi", dedi Shoshani.

Belgiyaning Hind Rajab Foundation tashkilotini tilga oldi, u 1000 ga yaqin isroillik askarga qarshi dalillar to‘plaganini aytdi. Braziliya Falastin tarafdori tashkilotlarning shikoyatini ko‘rib chiqish uchun qabul qilgan birinchi davlat bo‘ldi. Bundan tashqari, Shri-Lanka, Argentina, Chili va Tailand kabi mamlakatlarda isroillik askarlarga nisbatan shikoyatlar bo‘lgan.

Urush jinoyatlari ayblovlari yuzasidan Isroilga xalqaro bosim kuchayib bormoqda. O‘tgan yili Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order bergan edi.

Isroilda harbiy tsenzura rekord darajaga yetdi. 2023 yilda 613 ta maqola chop etish taqiqlangan, yana 2703 ta holatda materiallarning bir qismi tahrirlangan — bu so‘nggi o‘n yildagi rekorddir. O‘rtacha tsenzura kuniga to‘qqiz marta qo‘llanilgan.

Kiritildi: Bugun 13:56. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!