7 oktabr kuni G‘azo sektoriga agressiya boshlanganidan beri Isroil armiyasining yo‘qotishlari 781 kishiga yetdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
Avvalroq ertalab Falastin anklavining shimoliy qismida granata portlashi oqibatida yana bir isroillik askar halok bo‘lgan edi.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operasiya davomida o‘lganlarning umumiy sonidan Isroil qo‘shinlari 369 kishini yo‘qotdi.
Isroil armiyasi qurbonlar va yaradorlarning haqiqiy sonini yashirgani uchun tanqid qilindi.
Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi 2023 yil 7-oktabrdan beri 43314 nafar falastinlikni, jumladan 17210 nafari bolalar va 11742 nafari ayollarni o‘ldirgan. Yana 102 019 falastinlik yaralangan.