Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil armiyasida yana bir askarning o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi

Isroil armiyasida yana bir askarning o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi

G‘azo sektoriga uyushtirilgan hujumlarda qatnashgan Isroil armiyasiga qarashli Golani brigadasining bir askari mamlakat shimolidagi harbiy baza hududida o‘lik holda topildi.

KAN davlat telekanali armiya vakiliga tayanib xabar berishicha, bu holat joriy yil boshidan beri qayd etilgan 18-o‘z joniga qasd qilish holati hisoblanadi.

Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, harbiy polisiya elita Golani brigadasida xizmat qilgan askarning o‘limi yuzasidan tergov boshlagan.

Armiya statistikani yashirishga urinadi

So‘nggi oylarda Isroil qo‘shinlari safida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygani haqidagi xabarlar mahalliy OAVda keng muhokama qilinib, jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Biroq armiya rasmiylari bu masalada izoh berishdan qochib, rasmiy statistikani e’lon qilmayaptilar.

Avvalroq qo‘mondonlik og‘ir emosional holat va ruhiy qiyinchilikka duchor bo‘lgan askarlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini yo‘lga qo‘ygan edi. ERAN ehsosiy yordam xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, faqat iyun oyidagina 6000 dan ortiq askar mutaxassislar maslahati va yordamiga murojaat qilgan.

17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida armiya vakili Effi Defrin bu mavzuda shunday degan edi:
“Har bir bunday voqea diqqat bilan o‘rganiladi va tekshiriladi”.

Biroq u 2025 yilda qayd etilgan aniq o‘z joniga qasd qilish holatlari soni haqida ma’lumot bermadi.

Kiritildi: 18:17 02.09.2025. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!