Isroil hukumati payshanba kuni arab qishlog‘i Naqb mintaqasida joylashgan Aroqib qishlog‘ini ketma ket 131 marta buzdi.
Aroqibni himoya qilish mahalliy qo‘mitasi a’zosi Aziz Turiy «Anadolu»ga bergan intervyusida: Isroil harbiylari Aroqib qishlog‘iga hujum qildi va uni ketma ket 131 marta buzib tashladi, dedi.
Aroqibdagi uylar plastmassa, yog‘och va tunukadan qurilgan bo‘lib, unda 22 ta oila istiqomat qiladi. Turiyning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari qishloqni erta tongdan to buzib yuborgunlaricha qamal qilib turishgan.
Aroqib qishlog‘i vakili: «Biz Aroqibni qayta quramiz. Agar daraxt ostida yashashga to‘g‘ri kelsa ham yerimizni tark etmaymiz», degan.
Isroil hukumati birinchi marta 2010 yilda ushbu qishloqni buzib tashlagan. Lekin har safar buzilganidan so‘ng qishloq aholisi uylarni qayta qurib kelishadi.
Isroil hukumati Aroqib qishlog‘ini tan olmaydi. Lekin aholi takror-takror uylari buzilishiga qaramay yerlarini tark etmasligiga qaror qilishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qishloq Usmoniylar davrida bunyod etilgan.
Manba: azon.uz